Abdulla Qodiriy — o‘zbek mumtoz romanchiligiga asos solgan atoqli yozuvchi. Uning ayniqsa, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bir qancha tillarga tarjima qilingan.
Xususan, o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida “O‘tkan kunlar”ni Sadriddin Ayniy tavsiyasi bilan tojikistonlik ijodkor Abdusalom Dehotiy ham qancha mashaqqatu iztiroblar bilan o‘z tiliga o‘girgan. Sababi, bu davrda asar muallifi “xalq dushmani”ga chiqarilib, aybsiz qoralangan.
1937 yilning dolg‘ali kunlarida tarjimon do‘sti bilan telefon orqali gaplashib, mudxish xabar eshitadi. Ma’lum bo‘lishicha, “O‘tkan kunlar”ni uyida saqlaganni ham so‘roqqa tutishib, jazolashayotgan ekan. Shu bois, tarjimonning xavotiri ortib, halovati yo‘qoladi. Qo‘lyozmani yashirgan joyidan olib, yoqib yuboradi.
Roman keyinchalik Istad Qosimzoda tomonidan tojikchalashtirilgan. 2002 yili Abdulla Qodiriyning 110 yilligi munosabati bilan Dushanbening “Irfon” nashriyoti asarni chop etdi. E’tiborlisi, mazkur kitobning qayta nashri 2016 yili Toshkentda “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan “Ro‘zgori mozi” nomi bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Bu tojik kitobxonlari uchun o‘zbek xalqining azaliy urf-odatlari, qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Muhammad SHODIY.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi