date

Van Deyk: Niderlandiya mundialga tayyor


Niderlandiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga chiqish yoʻlida muhim qadam tashladi. Polsha bilan kechgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang "apelsinlar"ga deyarli mundial yoʻllanmasini taʼminladi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida Memfis Depay tomonidan kiritilgan gol hisobga muhim ochko olib keldi. Rasmiy ravishda yoʻllanma hali qoʻlga kiritilmagan boʻlsa-da, vaziyat deyarli aniq: Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa soʻnggi tur oldidan Polshadan uch ochkoga oldinda va toʻplar farqi boʻyicha sezilarli ustunlikka ega (+19 ga +6).

"Dushanba kuni rasmiy ravishda Jahon chempionatiga chiqishga tayyormiz. Umid qilamanki, muxlislar bizni qoʻllab-quvvatlash uchun stadionga kelishadi va birgalikda bu muvaffaqiyatni nishonlaymiz", – dedi Niderlandiya terma jamoasi sardori Virgil van Deyk The Touchline nashriga.

Saralashning soʻnggi turida Niderlandiya oʻz maydonida Litvani qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Van Deyk: Niderlandiya mundialga tayyor