date

Markaziy Osiyo sanoat markazi ishga tushdi


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi yakunida yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar. Asosiy voqea sifatida ikki davlatning eng muhim va keng ko'lamli loyihalaridan biri – “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazining ochilishi bo'ldi.

Shuningdek, Toshkentda “Tenge bank”ning yangi bosh ofisi faoliyati yo'lga qo'yildi. “Silkway Central Asia” ko'p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzen ishlab chiqarish zavodlari, Yangi Toshkentdagi “Astana” kvartali hamda poytaxtlarda “Toshkent” va “Astana” mehmonxona majmualarining qurilishi boshlandi.

Davlat rahbarlari amalga oshirilayotgan loyihalar O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yangi sur’at bag'ishlashiga ishonch bildirdilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy Osiyo sanoat markazi ishga tushdi