23:30 / 08.05.2018
6 551

Alisher Usmonovga turizmni rivojlantirish taklif etilayotgan hududdan post olib tashlandi

Alisher Usmonovga turizmni rivojlantirish taklif etilayotgan hududdan post olib tashlandi
Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lda joylashgan post olib tashlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida Norin tuman hokimligida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masala ko‘tarilgan edi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Ismoil Mamajonov yig‘ilishda so‘zga chiqib, tumanning Nanay, Zarkent, Poromon va boshqa qishloqlari o‘zining so‘lim tabiati bilan mashhur ekanligi, biroq hozirda bu manzillarda joylashgan dam olish maskanlari, bolalar oromgohlari qarovsiz holga kelganligini ma’lum qilgandi. Bu hududlarga olib boruvchi yo‘lda post joylashgani qiyinchiliklar tug‘dirayotganini ta’kidlab, uni boshqa yerga ko‘chirishni taklif qilgandi.

Prezident ushbu taklifni qo‘llab-quvvab, postni olib tashlash masalasi ko‘rib chiqilishi, hududning turizm salohiyatini rivojlantirish borasida esa USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovga taklif berilishini bildirgandi.

Videoselektorning ertasigayoq hududda ishlar qizg‘in tus oldi. Nanay yo‘lida joylashgan post olib tashlandi. Dam olish maskanlari va oromgohlarning holati mutasaddilar tomonidan ko‘zdan kechirilib, bajariladigan ishlar ko‘lami belgilandi.

Foto: Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
— Nanayliklar davlat rahbarining tashabbusidan juda mamnun desam hech narsa aytmagan bo‘laman. Nanay tarkibiga bugungi kunda 7 qishloq, 12 ta mahalla kiradi, salkam 30 ming aholisi bor. Post olib tashlanganidan so‘ng huvillab qolgan bozorimiz ham jonlandi. Ushbu xayrli ishlar yozgi mavsum oldidan amalga oshirilayotgani ayni muddao bo‘ldi. Chunki bu yerda dam olgani nafaqat vodiy yoki respublikaning boshqa hududlari, hatto qo‘shni davlatlardan ham mehmonlar keladi, — deydi qishloqdagi «Sohibkor» MFY raisi Husniddin Abdullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonovga turizmni rivojlantirish taklif etilayotgan hududdan post olib tashlandi