5 781
O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirish bo‘yicha 10000ta ovoz to‘plagan birinchi petitsiya
Kollaj: «Xabar.uz»
«Mening fikrim» portaliga joylashtirilgan transport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi taklif etilgan jamoaviy murojaat 8 kun ichida 10000dan ortiq ovoz to‘pladi va Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishga kiritiladigan dastlabki petitsiyaga aylandi, deb yozadi Xabar nashri.
Ckrin: «Mening fikrim»
Mazkur petitsiya muallifi Artur Tajiyev o‘z murojaatini O‘zbekiston iqlimi issiq ekanligi, pardalar ham taqiqlangani sababli orqa o‘rindagi bolalar jazirama va oftob urishidan aziyat chekishi mumkinligi bilan izohlagan.
U davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish uchun avtomobilning oldi oynasini pulli asosda 70 foizga qoraytirishga ruxsat berish va bunday mashinalarni ichki ishlar organlarida ro‘yxatga qo‘yishni taklif etgan.
Portalda ushbu taklifni yoqlaganlar ham, qarshi chiqqanlar ham ko‘plab izohlar qoldirishdi. Keng muhokamaga sabab bo‘lgani uchun ham bu petitsiya qisqa muddat ichida keragicha ovoz to‘play oldi.
Endi vakolatli davlat organlari 60 kun ichida murojaatni ko‘rib chiqib qaror chiqarishlari shart. Bunda murojaatning tashabbuskori vakolatli organ tomonidan tashkil qilingan murojaatni ko‘rib chiqish yig‘ilishlariga taklif etilishi mumkin.
Vakolatli organ qabul qilgan qaror «Mening fikrim» portalida e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi