08:02 / 25.05.2018
4 553

Toshkentda firibgar navbatdagi «umr yo‘ldoshi»ning borini o‘marib qochdi

Toshkentda firibgar navbatdagi «umr yo‘ldoshi»ning borini o‘marib qochdi
Anvar va Nigina Toshkentdagi kafelardan birida tanishishgandi. Anvar kelishgan, bo‘ydor, keng yelkali yigit edi. Nigina ham go‘zal, sohibjamol, moviy ko‘z, uzun kipriklari har pirpiraganda, manaman degan yigitning qalbini larzaga sola olardi. Ular ko‘rgan odam havas qilsa arzigulik juftlik edilar…

Anvar haqida qisqacha ma’lumot:

Anvar Davronov (maqoladagi ism-familiyalar xavfsizlik va tergov manfaatlarini ko‘zda tutgan holda o‘zgartirilgan) 1981 yili Toshkent viloyati Qibray tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti o‘rta, bir necha marta firibgarlikda ayblanib qamalgan…

Ha, Anvar bir necha marta sudlangan, turmalarda jazo muddatini o‘tagan. Ammo baribir odatini tashlamabdi. Bir so‘z bilan aytganda, Anvar «nikohiy firib» ustasi, lekin faqat boyvachchalarning qizini topib uylanish, keyin esa ularning borini o‘marishni odat qilgan. To‘g‘ri, har safar ham omadi kelavermaydi. Boyvachchalarning shunday qizlari bo‘lganki, Anvar qancha tiz cho‘kib muhabbat izhor qilmasin, qo‘l siltab ketishgan. Yolg‘on va haqiqatni bir-biridan juda yaxshi farqlay bilishgan. Sergaklikni qo‘ldan berishmagan. Lekin soddalari ham bor-da! Ayniqsa, eri yo‘q yolg‘iz ayollarning ba’zilari Anvar kabilarning yolg‘onlariga laqqa tushishga moyilligi alam qiladi. Ular Anvar kabi firib ustalariga o‘z taqdirini, hech kim bilishi lozim bo‘lmagan sirlarini, qimmatbaho taqinchoqlarini, pullarini ishonib topshirib qo‘yaverishsa, nima qilaylik…

Nigina ham Anvarni rostakamiga sevib qolgandi. Garchi uning asl maqsadini bilmasa-da, ishondi. Anvarning muhabbat izhorlari, xushomadlaridan go‘yo yettinchi osmonlarda parvoz qildi. Ayniqsa, Anvar bir kuni «Menga turmushga chiqasanmi?», deya so‘raganda, ketidan barmog‘iga brilliant ko‘zli tilla uzuk taqib qo‘yganda, Niginaning quvonchli ko‘ksiga sig‘may ketgan, baxtdan yorilay degandi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, tilla uzuk sifatida Niginaning barmog‘iga taqilgan uzuk latundan, «brilliant» ko‘z esa oddiy shishadan tayyorlangan, uning bahosi do‘konda atigi 10 ming 500 so‘m turarkan…

Xullas, Nigina baxtdan sarmast bo‘ldi-yu, Anvarning taklifiga rozilik bildirdi…

To‘ydan so‘ng uch kun o‘tgach…

Niginaga tergovchi achinish bilan boqar, yangi «kelin» esa qon yig‘lardi…

Ha, «kuyov» bo‘lmish odatiga sodiq qolibdi. Yana firibga qo‘l uribdi. Niginaning borini o‘maribdi-yu, juftakni rostlabdi, izsiz g‘oyib bo‘libdi…

— Ha-a, — dedi tergovchi og‘ir xo‘rsinib. — Retsidivist Davronov bor budingizni o‘margan-u, g‘oyib bo‘lgan. Nimayam qilardik?!. Qidiramiz! Qochib qayoqqa borardi?!.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda firibgar navbatdagi «umr yo‘ldoshi»ning borini o‘marib qochdi