19:55 / 28.05.2018
10 482

Buxoroda ziyoratchilar suratida arvoh kelin tasvirga tushib koldi (foto)

Buxoroda ziyoratchilar suratida arvoh kelin tasvirga tushib koldi (foto)
Buxoroliklar Buxoro Amirining yozgi qarorgohi – Sitorai Mohi Xosada tushilgan suratni keng muhokama qilmoqdalar, deb yozmoqda «repost.uz» nashri. Gap shundaki, unda arvoh kelin surati tasvirga tushib qolgan.

Suratning soxtaligi shubxa tug‘dirmaydi albatta, biroq muzey xodimlari shu kabi g‘ayritabiiy hodisalarga haqiqatdan ham duch kelishlarini ta’kidlamoqda. Ulardan eng keng tarqalgani – orqadan qadam tovushining eshitilishidir.

Bu odatda, kechqurun, xonalarni yopayotgan paytda sodir bo‘ladi. Bunday paytda eng muhimi orqaga o‘gilirmaslikdir, – deydi muzey xodimi Dilfuz Boboyev.

O‘tmishdan farqli o‘laroq, bugungi kunda odamlar arvohlardan qo‘rqishmaydi. Aksincha, ko‘pchilik ularni uchratishni, omadlari kelib suratga ham olishni xohlaydilar.

Qolaversa, Yevropa davlatlari ham mistik turizmdan foyda olishni allaqachon yo‘lga qo‘ygan. Ehtimol, biz ham bu yo‘nalishda o‘z salohiyatimizni ishga solishimiz lozimdir?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda ziyoratchilar suratida arvoh kelin tasvirga tushib koldi (foto)