22:05 / 10.06.2018
4 179

O‘zbekistonlik siyosatchi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi etib tasdiqlandi

O‘zbekistonlik siyosatchi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi etib tasdiqlandi
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibligiga tasdiqlandi. Bunday qaror Xitoyning Sindao shahridagi ShHT sammitida qabul qilindi, deya xabar beradi «Gazeta.uz».

2016 yil 1 yanvarda ShHT bosh kotibi sifatida faoliyatini boshlagan Rashid Alimov (Tojikiston) ushbu lavozimda 2018 yil oxirigacha ish yuritadi.

Norovning vakolati 2019 yil 1 yanvardan 2021 yil 31- dekabrgacha muddatda amalda bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Norov turli yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik siyosatchi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi etib tasdiqlandi