12:57 / 21.06.2018
6 692

Jinoyat olami “avtoritet”ligiga da’vogarlardan biriga nisbatan adolatli hukm o‘qildi…

Jinoyat olami “avtoritet”ligiga da’vogarlardan biriga nisbatan adolatli hukm o‘qildi…
Toshkent shahar Olmazor tuman jinoyat sudida “avtoritet”lik, aniqrog‘i, Toshkent shahridagi “bosh avtoritet”likka da’vogar hisoblangan Abbosxon Xo‘jayev hamda Mahmud Qurbonovlar ishi ko‘rib chiqildi.

Ushbu jinoyat ishi M. Obidov raisligida atroflicha o‘rganildi. Va Abbosxon Xo‘jayev, Mahmud Qurbonovlar respublika jinoyat majmuasining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, sud hay’ati ushbu jinoyat ishini ko‘rib chiqish va hukm e’lon qilishda konstitutsiya talablari asosida ish ko‘rdi, adolat va haqiqatparvarlikka suyangan holda hukm e’lon qildi.

Bunga ko‘ra, Abbosxon Xo‘jayev ikki yil, Mahmud Qurbonov esa 1 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazo intizom kuchaytirilgan koloniyada o‘tash zarurligi belgilab qo‘yildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat olami “avtoritet”ligiga da’vogarlardan biriga nisbatan adolatli hukm o‘qildi…