O‘zbekistonda ilk bor oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Manbada qayd qilinishicha, inspeksiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi hamda QS, ARWU, TIME kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o‘rgangan holda ilk marotaba bu reyting aniqlangan.
Oliy ta’lim muassasalari reytingi 23 ta indikator asosida baholandi.
Mazkur indikatorlar asosida shu yilning mart-iyun oylarida 57 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018 yil 1 yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra kuchli 10 talik oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati:
1. O‘zbekiston milliy universiteti
2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
4.Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Samarqand davlat universiteti
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi
7. Toshkent davlat stomatologiya instituti
8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9. Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti
10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Reytingda quyi pog‘onani egallagan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati:
48. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
49. Navoiy davlat pedagogika instituti
50. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
51. Qarshi davlat universiteti
52. Jizzax politexnika instituti
53. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
54. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
55. Milliy rassomchilik va dizayn instituti
56. Jizzax davlat pedagogika instituti
57. Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?