O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilangan ilk kunlardan ikki mamlakatning epchil tadbirkorlari bozorni o‘rganib, bir yo‘la eng xaridorgir tovarlarni aniqlashga kirishishdi, deb yozishmoqda "Salom, qo‘shnilar!" loyihasi mualliflari.
Shunday qilib, TOP-5 ro‘yxatiga shirinliklar, maishiy texnika, alyuminiy idishlar va o‘yinchoqlar kiritilgan.
"O‘zbekistonda bizning manti qasqonlarimiz, kastryullarimiz va tog‘oralarimizga talab katta. Bu yerdan biz televizor va muzlatgichlar olib boramiz. Ularning o‘zida yo‘qmi, deb o‘ylashingiz mumkin. Bor, albatta, biroq u yerda bularning bari qimmatroq. Hatto Xitoyda ishlab chiqarilgan televizor ham O‘zbekistonda bir necha yuz somoniyga qimmatroq", - deydi tojikistonlik ishbilarmon Fotima Qurbonova.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik savdogarlar tojiklardan, masalan, 128 AQSh dollariga televizor sotib olib, uni o‘zlarida 22 dollarga qimmatroqqa sotishadi. Tovar juda xaridorgir, chunki O‘zbekistondagi do‘konlarda xuddi shunday televizor 160 dollarga sotiladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani kuniga 250 nafardan ziyod tojik va o‘zbek savdogarlari kesib o‘tishadi. Chegarani kesib o‘tishga deyarli 1,5 soat ketadi. Ishbilarmonlar bunday savdo-sotiqlarda kuniga 150 somoniydan (120 ming so‘mdan) ortiq pul ishlashadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

120 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Noqonuniy olib kirilgan televizorlar savdosiga chek qo‘yildi

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Toshkentda YPX xodimlari ta’qibidan qochgan haydovchi begunohning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Fikrga nisbatan fikr bildirishdagi adl

“O‘zbekiston” teleradiokanalida “Muloqot vaqti” ko‘rsatuvi jonli ko‘rsatiladi