4 249
Notarius yarim soatda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlaydi
Hukumat qarori bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda bino va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni olish notarius tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Mazkur jarayon quyidagi boschiqlarda amalga oshiriladi:
Dastlab jismoniy yoki yuridik shaxs koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash haqida davlat notarial idoralariga murojaat qiladi.
Bunda koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda kadastr yigʻmajildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Keyingi bosqichda notarius bino va inshoot joylashgan hududdagi yer tuzish va kadastr organiga kuryerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali bino va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni soʻrab soʻrovnoma yuboradi.
Soʻngra ushbu soʻrovnomaga asosan yer tuzish va kadastr organi bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotni taqdim etadi.
Hujjatlar toʻliq taqdim etilgach, 30 daqiqa ichida koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi notarial tasdiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi