20:10 / 19.09.2018
5 129

Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari mashinasida piyodani urib yubordi

Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari mashinasida piyodani urib yubordi
2018 yil 16 sentyabr kuni soat 17:30larda Jizzax viloyati Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari Dilshod Karimov otasi Badriddin Karimovga tegishli “Neksiya-1” avtomashinasini ishonchnoma orqali 4R38 “Jizzax-Uchtepa-Navbahor” avtomobil yoʻlining Paxtakor-Jizzax yoʻnalishining 16-km.da boshqarib borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, u yoʻnalishi boʻylab oʻzining ortidan harakatlanib kelgan “Daimler Benz 210 SPG” rusumli avtomashina haydovchisi J. yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib, uni quvib oʻtib, keskin tormoz bergan holatda, uni toʻxtatishga harakat qilib, D.Karimovni yoʻlda harakatlanishiga toʻsqinlik qilganligi sababli, D.Karimov boshqaruvini yoʻqotishi natijasida yoʻlning chap tomonida joylashgan uylarning yoʻlagiga chiqib ketgan va yoʻlakda harakatlanib kelayotgan piyoda G.Egamberdiyevani urib yuborgan.

Fuqaro G.Egamberdiyeva olgan tan jarohatlari natijasida RSHTYOIMning Jizzax filialida vafot etgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga koʻra, marhuma G.Egamberdiyevaga yetkazilgan jarohat ogʻirlik darajasi boʻyicha “hayot uchun xavfli boʻlgan” tan jarohati, deb baholangan.

D.Karimov “bosh miya chayqalishi, peshona sohasi tirnalgan tan jarohati va oʻng yelka chiqishi” tan jarohatlari bilan RSHTYOIMning Jizzax filiali neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan 16.09.2018 yilda JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining 18-boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari mashinasida piyodani urib yubordi