15:45 / 10.10.2018
5 464

Piyoda qizni bosib ketgan “Lasetti” haydovchisiga qanday jazo beriladi? (video)

Пиёда қизни босиб кетган "Ласетти" ҳайдовчисига қандай жазо берилади? (видео)
8 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Lasetti” avtomashinasining haydovchisi yoʻl harakati qoidasini buzib, piyodani ustiga avtomashinani haydagan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur YTH 8 oktyabr kuni, taxminan soat 13.10 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasida joylashgan Goodzone savdo markazi avtoturargohi yonida sodir boʻlgan.

Vestministr universitetining 4-bosqich talabasi boʻlgan haydovchi tanishiga tegishli boʻlgan, unga ishonch qogʻozi orqali boshqarish uchun berilgan “Lasetti” rusumli avtomashinada avtoturargoh boʻylab piyoda yurayotgan Davlat jahon tillar universiteti 1-ingliz filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabasi boʻlgan qizni urib, bosib oʻtgan.

Sodir boʻlgan YTH natijasida qiz bosh miya lat yeyishi jarohati bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. Shifokorlarning maʼlum qilishicha hozirda qiz xushsiz, biroq ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.

Haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piyoda qizni bosib ketgan “Lasetti” haydovchisiga qanday jazo beriladi? (video)