Bugun, 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent» savdo markazi (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda sportchi Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.
Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlashicha, ayni vaqtda bu holat bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan militsiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.
Sud uni JK 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi) bo‘yicha aybdor deb topdi («Osiyo ayig‘i» laqabi bilan mashhur Murod Xonto‘rayev ilgari ham sudlangan).
Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzidagi jazoni qo‘lladi. Sportchi EKIHning (172 240 so‘m hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi.
Ma’lumot uchun, Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda u Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Prezident hokimlarga yangi tutzorlar uchun 105 ming gektar yer ajratishni topshirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi