“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ota-onalar kunini belgilash va uni bayram sifatida nishonlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“O‘zbek xalqida ota-onaga hurmatda bo‘lish eng yuksak qadriyatlardan biridir. Shu sababdan ota-onalarga hurmat ruhini yoshlar ongiga chuqur singdirishimiz zarur. Ota-onalarga hurmat va e’zoz yuzasidan dunyoning ko‘plab davlatlarida “Ota-onalar kuni” keng nishonlanadi. Masalan, BMTda 1 iyun, AQShda iyul oyining to‘rtinchi yakshanbasi, Koreya Respublikasida 8 may, Vetnamda 7 iyul “Ota-onalar kuni” hisoblanadi”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, shu boisdan mamlakatda ota-onalar kunini bayram sifatida nishonlash kerak. 14 yanvarda “Vatan himoyachilari kuni”, 8 martda “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 1 iyunda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, 30 iyunda “Yoshlar kuni”, 1 oktyabrda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlanmoqda.
“Davlatimiz tomonidan “Ota-onalar kuni”ni bir sanada belgilash va mazkur kun doirasida oila, ota-onalarning mukarram va ulug‘ligini eslatuvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini, bayram tadbirlarini o‘tkazishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi