3 428
Prezident: «Farmon, qarorlarni ishlab chiqish azob. Ularni amalga oshirish o‘n karra azob»
Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi bozorlarga chiqish, har bir sohani isloh qilishdan maqsad xalqimiz manfaatini ta’minlash ekanini ta’kidladi.
- Mana ko‘ryapsizlar, deyarli har kuni farmon, qaror chiqyapti. Ularning ustida tashkilotlar, ekspertlar oylab, yillab ishlaydi. Bu farmon, qarorlarni ishlab chiqish azob. Ularni amalga oshirish o‘n karra azob, - dedi davlatimiz rahbari.
Joylardagi ijro organlari sustkashlikka, jamoatchilik ulardan talab qilishda befarqlikka yo‘l qo‘yayotgani tanqid qilindi.
- Xalqimiz yaxshi yashashini, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishni istaymiz. Lekin hech kim mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishmagan, erisholmaydiyam! Prezident kelib yo‘nalish beradi, vazifa qo‘yadi. Ularni kim amalga oshiradi? Odamlar qachon uyg‘onadi? Biz ancha narsada kechikkanmiz. Agar endiyam uyg‘onmasak oldimizga qo‘ygan katta maqsadlarimizga yetolmaymiz. Birov kelib biz uchun hech narsa qilib bermaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz dunyodagi raqobatga munosib bo‘lish, birni ikki qilish uchun har bir rahbar, har bir yosh har kuni o‘qishi, o‘zini qiynashi, izlanishi kerakligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...