Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 2018 yil 21 dekabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi ko‘chasida xizmat olib borayotib shu yerda harakatlanib kelayotgan mast holda bo‘lgan U.M. boshqaruvidagi “VAZ-21063” rusumli avtomashinani to‘xtatib, undan tegishli hujjatlarini so‘ragan.
Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, avtoulovni haydab ketgan. Oqibatda avtomashina eshigini qo‘li bilan ushlab turgan xodimni taxminan 40 metr masofagacha sudrab borgan.
Natijada xodim jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. U.M. qo‘lga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bu haqda xabar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim"
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!