14:39 / 04.01.2019
6 606

2019 yil uchun Davlat dasturi muhokamaga qo‘yildi

2019 yil uchun Davlat dasturi muhokamaga qo‘yildi
"Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi. Muhokamalar 15 yanvarga qadar davom etadi. 2019 yilgi davlat dasturi loyihasi muhokamalar uchun e’lon qilindi.

2019 yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa instutlari vakkillari ishtirokida davra suhbatlari, munozalar, ochiq muloqotlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yil uchun Davlat dasturi muhokamaga qo‘yildi