Shu kunlarda Rossiya telekanali Yer sayyorasi tomon ulkan asteroid yaqinlashayotgani, u 2019 yil 1 fevralda Yerga urilib, oxiri zamon boʻlishi haqidagi video materiallarni tarqatgandi. Buning ortidan odamlar oʻrtasida qiyomat yaqinlashayotgani toʻgʻrisida vahima ham paydo boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti bu xabarga munosabat bildirdi.
«Bu xabar bilan tanishib chiqqanimizdan soʻng, uning mutlaqo uydirma ekani maʼlum boʻldi. Chunki, 2019 yilda Yerga yaqinlashuvchi asteroidlarning roʻyxati astronomlarga avvaldan maʼlum va ular muntazam monitoring qilib boriladi. 2019 yilning aprel oyigacha Yerga yaqinlashishi kutilayotgan asteroidlarning soni 20dan ortiq boʻlib, ularning oʻrtacha yaqinlashish masofasi 5 mln kilometrni tashkil etadi. 2019 yilning 1 fevralida Yerga yaqinlashuvchi asteroid shu yilning yanvar oyida ochilgan boʻlib, unga 2019AV2 deb nom berilgan. Uning oʻlchami 150-340 metrni tashkil etib, u Yerga 6 mln kilometrgacha yaqinlashadi. Bunda uning trayektoriyasi Yerga yoʻnaltirilgan chiziqqa tik yoʻnalishda boʻladi. Asteroidning Yerga bunday masofada yaqinlashuvi va yuqoridagicha trayektoriyaga egaligi tufayli u Yerga hech qanday xavf tugʻdirmaydi.
Rossiya telekanali xabarida “Yerga yaqinlashayotgan asteroid galaktikalararo fazodan kelmoqda”, deyilgan. Bu fikr xabar yolgʻonligini koʻrsatadi. Chunki asteroidlar Quyosh tizimi aʼzolari boʻlib, ularning boshqa galakatikalarga aloqasi yoʻq», deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼati ham bunday xabarlarga munosabat bildirib chiqqan.
“Qiyomat qachon boʻlishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi”. Qiyomat qachon boʻlishini soʻraganlarga Paygʻambarimiz qanday javob berishlari kerak ekanligini Alloh taoloning oʻzi ochiq-oydin oyati karimada oʻrgatgan. Jumladan, Alloh taolo Qurʼoni karimda shunday degan:
“Odamlar Sizdan Qiyomat (qachon boʻlishi) haqida soʻraydilar. «U haqdagi maʼlumot faqat Allohning huzuridadir” – deb ayting!» (Ahzob surasi, 63-oyat).
Qiyomat qachondir boʻlishiga iymon keltirganmiz, lekin aynan qaysi kunda boʻlishi haqidagi maʼlumotni Alloh taolo sir tutib, uni biror manbada keltirmagan. Hatto, oʻz paygʻambarlari va farishtalaridan ham yashirgan.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Jabroil alayhissalom Paygʻambarimizdan “Menga soat (Qiyomat) haqida xabar bering!” deb soʻraganlarida Paygʻambarimiz: “U haqda soʻralayotgan odam soʻrovchidan koʻra bilimli emas”, deb javob berdilar (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).
Ushbu hadisi sharifdan soʻraluvchi shaxs Muhammad sallallohu alayhi vasallam ham, soʻrovchi Jabroil alayhissalom ham Qiyomat qachon boʻlishini bilmaganlari koʻrinib turibdi.
Demak, Paygʻambarimiz va Jabroil alayhissalomlar bilmagan narsani kim, “men bilaman, falon kuni Qiyomat boʻladi”, desa, iymoniga putur yetadi. Bir qancha oyat va hadislarga qarshi chiqqan boʻladi. Vallohu aʼlam», deyiladi idora munosabatida.
Qayd etish kerakki, qaysidir sanada qiyomat boʻlishi haqida juda koʻp marta bashoratlar qilingan. Ayniqsa 2012 yilda ham bunday maʼlumotlar keng tarqalgan edi. Ammo tabiiyki bularning birortasi tasdigʻini topmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi