17:02 / 24.02.2019
5 103

Samarqandda ofitsiant qiz oshxona egalarining uyidan 120 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irladi

Samarqandda ofitsiant qiz oshxona egalarining uyidan 120 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irladi
Foto: «Zarnews»
Samarqanddagi Sartepa maskanida o‘z uyida oshxona tashkil etgan kishilarning ishonchiga kirgan asli qashqadaryolik Mohira (ismi o‘zgartirilgan) ismli ofitsiant qiz bemalol ularning xonadoniga ham kirib yuravergan, deya xabar beradi «Zarnews».
U oshxona egasi bekasining xonasiga kirib, avvaliga uning to‘rtta uzugini o‘g‘irlagan. Voqeadan hech kim xabar topmaganidan foydalanib, qulay fursat kelganda boshqa taqinchoqlarni ham asta-sekinlik bilan o‘mara boshlagan.

Mohira ularni sotib, uyiga televizor, o‘ziga qimmatbaho buyumlar xarid qilgan. Atrofdagilarga esa moddiy ahvolidagi bu o‘zgarishlarni bir yigit bilan tanishgani, u badavlat bo‘lgani tufayli unga sovg‘alar berayotgani bilan izohlagan.

U bir oy davomida bu uydan o‘g‘irlagan tilla buyumlarining jami summasi pul hisobida 120 million so‘mni tashkil etgan. Qiz bu buyumlarni zargarga bor-yo‘g‘i 20 million so‘mga pullagan.
Ayni paytda ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ofitsiant qiz oshxona egalarining uyidan 120 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irladi