Oʻzbekiston aholisi qariyb 58 yoshda qarishni boshlaydi, Ozarboyjonda ham xuddi shunday koʻrsatkich. Tojikiston, Belarus va Gruziya fuqarolarida keksalik belgilari 60 yoshda, Qirgʻiziston, Latviya va Litvada esa 61 yoshda paydo boʻladi.
Lancet nufuzli tibbiyot jurnalida eʼlon qilingan, olimlar xalqaro guruhining tadqiqoti shundan darak bermoqda. Tadqiqot mualliflari turli mamlakatlar aholisida keksalik yoshidagi kasalliklar qanchalik tez rivojlanishini oʻrganishdi. Rossiyaliklar 159 mamlakatda yashovchilarga qaraganda tezroq qariyapti.
Tadqiqot mualliflari aholi keksayish koʻrsatkichlarini aniqlashning oʻziga xos uslubini ishlab chiqdilar. Ular odamlar keksa kishilarga xos boʻlgan kasalliklarga chalina boshlaydigan oʻrtacha yoshni aniqlashdi. Bunday kasalliklar roʻyxatiga Alsgeymer va Parkinson kasalligi, gipertoniya, katarakta hamda glaukoma kabi 92ta tashxis kiritildi.
Keksa yoshdagi kasalliklar rivoji boʻyicha oʻrtacha yosh - 65. Rossiyada u ancha past - 59 yosh, deya taʼkidlaydi tadqiqot mualliflari. Bu 2018 yilgi islohotdan keyin erkaklar uchun belgilangan pensiya yoshidan hamda Belarus, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Afrika va Efiopiyadagi qarish yoshidan pastdir.
Tadqiqot natijalariga koʻra, Yaponiya (76,1 yosh), Shveysariya (76,1), Fransiya (76) va Singapur (76) aholisi kechroq qarishni boshlaydi. Hammadan erta - Papua-Yangi Gvineya (45,6), Marshall orollari (51) va Afgʻoniston (51,6) aholisi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi