23:30 / 05.04.2019
3 946

O‘zbekistonda 5 kun ichida 258 nafar fohisha qo‘lga olindi

O‘zbekistonda 5 kun ichida 258 nafar fohisha qo‘lga olindi
O‘zbekistonda «Stop-trafik» operativ-profilaktik tadbiri davomida besh kun ichida 258 nafar fohisha qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda 26—30 mart kunlari «Stop-trafik» operativ-profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir ushbu davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan ushbu reydlar davomida fohishabozlik, qo‘shmachilik va bolalar savdosi kabi holatlar aniqlangan. Xususan, tungi klublar, mehmonxonalar va saunalarda uyushtirilgan 2 861 ta reyd davomida 258 nafar yengiltabiat ayol qo‘lga olingan. Ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. 87 nafar qonunbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.

Respublikaning barcha hududlarida, xususan, chekka tumanlarda, aeroportlarda, ta’lim muassasalarida, mahallalarda va sayyohlik kompaniyalarida 6 417 ta tashviqot ishlari olib borilgan. 6 259 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 5 kun ichida 258 nafar fohisha qo‘lga olindi