Odam safarida qanchalar rohatlanadi. O‘zining yurtidan chiqqan vaqtida hayajonlanadi. Har bir manzil va makonlarga o‘tayotgan vaqtida qalbida hamda a’zolarida lazzat his qiladi. Qator tizilgan qishloqlar, bog‘rog‘lar, go‘zal shaharlar ularning takrorlanmas tabiatini ko‘rib yuragini xursandlik egallaydi. Shaharlarni kezarkan, ilgarilari hech qachon ko‘rmagan ajoyibotlarni ko‘radi. Turli xil madaniyat va til egalari bilan tanishadi.
Alloh yo‘lida soxtalik va xushomadgo‘ylikdan yiroq bo‘lgan haqiqiy do‘stlar orttiradi. Maqsadlari yo‘lida yangidan-yangi zafar va yutuqlarga erishadi. Qiyinchilik va mashaqqatga uchraganlarni uchratsa, darhol ularga yordamga shoshilib, mashaqqatlarini ketkazadi. Dunyoning lazzatlaridan insonlarga ulashib, baxt ularning xursandchiligini ko‘rishda ekanini tushunib yetadi. Bu manzaradan qalbi orom oladi. Xullas, musofir odam go‘yo o‘z ahli huzurida bahor faslida go‘zal gullarni terib, ularning xushbo‘y iforlaridan bahra olgandek yoki oltinu javohirlar xazinasiga ega bo‘lgandek lazzat va foydalar oladi. Safarni qoralovchi va uning manfaatlariga shubha bilan qarovchilar esa shunday ko‘p ne’matlardan nasibasiz qoladilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi