Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (292-son, 09.04.2019 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, o‘zgartirishlarga muvofiq:
- svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak;
- Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish) pasaytirishga vakolatli;
- aholi punktlarida ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakatli yo‘llarda to‘xtashga ruxsat etiladi;
- aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka ega;
- kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;
- qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi to‘kiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan bo‘lishi kerak;
- velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish taqiqlanadi.
Bundan tashqari o‘zgartirishlar bilan 28 ta yangi yo‘l belgilari kiritildi.
Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish, radar, piyoda va velosipedchilar uchun tashkil etilgan yo‘lak kabi belgilar shular jumlasidandir.
Qayd etilishicha, o‘zgartirishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi