Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident farmoni imzolangani haqida xabar bergandik.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2021 yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
a) 2020 yil 1 yanvardan boshlab, maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratish:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davrni 1 yilgacha qisqartirish;
- kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilash;
- ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibini tatbiq etish (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
b) qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqini berish;
v) maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari sonini oshirish;
g) maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 noyabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylarni xarid qilishga talabgor jismoniy shaxslarni uy xo‘jaliklarining daromadi, qurilish maydoni, ko‘chmas mulk qiymati narxlari va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda tanlab olishning yangilangan tartibi va mezonlarini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?