Foto: Qashqadaryo viloyati YHXB
Qarshi shahar ma’muriy sudining 17 maydagi ochiq sud majlisida IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagani uchun 10 sutka qamalgan Qarshi shahar «Otchopar» mahallasida yashovchi fuqaro Sh.A.ning bu safar YPX xodimini haqorat qilgani va jamoat joyida so‘kingani masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sh.A. 17 aprel kuni BMW-316 avtomobilida Qarshidagi «Sharshara» choyxonasi chorrahasida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib kelganda, YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Qoidabuzar haydovchi esa unga qoidabuzarligini tushuntirib, qonuniy bayonnoma rasmiylashtirgan IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi inspektori Shahzod Nasimovni haqorat qilib, jamoat joyida tilga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan so‘kkan.
Bu ham yetmaganidek, voqeani telefoniga tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Sh.A.ning ushbu xatti-harakati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik (mayda bezorilik) deya baholanib, sudlanuvchiga yana 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Fuqarodan davlat foydasiga qamoqda saqlash xarajatlari uchun 152 045 so‘m davlat boji undiriladigan bo‘ldi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, fuqaro Sh.A. Qarshi shahar Ma’muriy sudining 26 apreldagi qaroriga ko‘ra, bundan avval ham 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqqan. O‘shanda u o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, so‘ralgan hujjatlarni taqdim etmagan holda, YPX xodimini avtomobil kapotida olib harakatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi