16:00 / 21.05.2019
3 788

Markaziy bank: Byudjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi

Markaziy bank: Byudjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov byudjet sohasidagi ishchilarning oylik maoshlarini to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda u Xalqaro press klubning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

«Hozir Toshkentda Humo to‘lov tizimi ishga tushirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000 dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturiy ta’minotlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi», — dedi Markaziy bank rahbari.

Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishni joriy etishni boshlab yuborgan.

Avvalroq, Markaziy bank rahbari nafaqa pullarini naqd ko‘rinishda berilishini to‘xatatish va har bir mahalla hamda xizmat ko‘rsatish joylariga bankomatlar o‘rnatish borasidagi rejani ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank: Byudjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi