5 200
«Xafa bo‘lish yo‘q»ning navbatdagi «hazili»: bola suvga tushib ketgani ham kulgi bo‘ldimi?
Foto: Facebook / Husnora Mahkamova
Husnora Mahkamova Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida «ZO‘R TV» telekanali « Xafa bo‘lish yo‘q» ko‘rsatuvining oxirgi soni haqida fikr bildirgan.
«Afsuski, o‘zbek telekanallarini juda kam ko‘raman, biroq bugun to‘g‘ri qilishimga amin bo‘ldim. Shu ko‘rsatuvni ham oyim ko‘rganlar, u kishining fikrlarini keltiraman. Bu ko‘rsatuvda turli hazillar qilinadi, vaziyatlar yuzaga keltiriladi. Bu gal go‘yo ayolning kolyaskasidagi bola suvga tushib, oqimda yo‘qolib qolgani tasvirlanadi.
Ayol baqir-chaqir qilib, uvvos soladi. Erkak esa bola suvga tushib ketgani va bunga o‘zi aybdor ekaniga ishonadi hamda suvga sho‘ng‘iydi. Kadr ortida esa kulgi ovozlari yangraydi. Bunday mavzularda ham hazil qilib bo‘ladimi? Yoki biz hazil tushunmaydigan darajada zamondan ortda qoldikmi?» deya o‘smoqchilaydi foydalanuvchi.
Foto: Facebook / Husnora Mahkamova
Foydalanuvchi telekanal xodimlarini bu qadar saviyasiz darajaga tushmaslik, aksincha, aholi ongini oshirishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi