08:28 / 23.06.2019
3 261

Afg‘onistonlik xotin-qizlar O‘zbekistonda o‘qitiladi

Afg‘onistonlik xotin-qizlar O‘zbekistonda o‘qitiladi
2019 yilning sentyabridan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida afg‘onistonlik xotin-qizlarning ta’lim olishi boshlanadi. Bu haqda Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati ma’lumotlariga tayanib O‘zA xabar qildi.

Mazkur ta’lim loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘istonning BMT bilan hamkorligida ishga tushirilgan. Dastur loyihasini ishlab chiqish ishlari yakunlandi va unga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilida dastur hayotga tatbiq etila boshlanadi.

"Afg‘oniston tomoni malakali mutaxassislar zarur bo‘lgan sohani belgilaydi. Taxminan 50 nafar, eng ko‘pi bilan 100 nafar xotin-qiz bu dasturda ishtirok etadi. Bu tajriba loyihasi, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, u holda BMT bundan keyin ham loyihani qo‘llab-quvvatlayveradi", – deya ma’lum qildi Yevropa Tashqi munosabatlar xizmati vakili.

Ta’kidlanishicha, talabalar sentyabrda o‘qishni boshlaydi. Ta’lim ingliz tilida bo‘ladi va keyin Afg‘onistonning o‘zi tanlaydigan sohalarga — asosan statistika va tog‘-kon sektoriga o‘tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afg‘onistonlik xotin-qizlar O‘zbekistonda o‘qitiladi