Bugun, 28 iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan «Media-savodxonlik va fake-news» mavzusida jurnalistlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev, Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, jurnalistlar, blogerlar, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Axborot tarqatish huquqi va mas’uliyati, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik masalalari muhokama qilingan seminarda kuni kecha qabul qilingan «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida tilga olingan vazifalar ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Xususan, qarorda aytilgan «ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’lumot taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida takliflar kiritsin» degan band yuzasidan seminarga yig‘ilganlarning mulohazalari tinglandi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev ushbu masala yuzasidan quyidagicha bayonot berdi: «Prezident qaroriga asosan Adliya vazirligi tomonidan jurnalistlarga ma’lumot taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish, shuningdek, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazganligi uchun davlat organlarining javobgarligi masalasini qonunchilikka kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda, biz birinchi navbatda, professional qatlam, ya’ni jurnalist va blogerlardan tegishli takliflarni kutib qolamiz». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi