3 542
Imon Karimovaning «Instagram»dagi sahifasiga boshqa shaxslar tomonidan materiallar joylanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Gulnora Karimova bo‘yicha bayonot berdi.
Unga ko‘ra, 21-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasida ko‘zda tutilgan huquqlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida qizi Imon Karimova bilan 2019 yilning 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar uzoq muddatli uchrashuv berilgan.
Uchrashuvdan so‘nggi fikr va taassurotlarini o‘rganish maqsadida Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilganda, u onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini, zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e’tibor qaratilayotganligi, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirdi.
«G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internetlarda nashr etilgan materiallar haqida Imon Karimovadan so‘ralganda, haqiqatdan ham «Instagram»dagi «iman.k17» sahifasi unga tegishli ekanligini, ammo onasi G.Karimova bilan bog‘liq materiallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qildi» deyiladi xabar yakunida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi