12:15 / 30.07.2019
2 705

Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:

199-modda (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik):
sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, - eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

199-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik - eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi