20:12 / 03.08.2019
3 078

Qarzdordan 22 mln. so‘m aliment undirildi

Qarzdordan 22 mln. so‘m aliment undirildi
Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining qarzdor I.Nurumbetovdan undiruvchi M.Mambetovaning foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Sud qarori 10 yil oldin chiqarilgan bo‘lsada, qarzdor ota o‘z farzandlari ta’minotiga atalgan aliment pullarini to‘lamay keladi va joriy yilning may oyiga alimentdan qarzi 22 mln. 737 ming so‘mga yetadi.

Shu davr ichida, qarzdorning yashash joyi bir necha bor ko‘zdan kechiriladi, mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnamalar yuboriladi.

Lekin, qarzdorning hech bir mulki topilmaydi. Yetmaganidek, qarzdor ota yashash joyini o‘zgartirib yuboradi va unga nisbatan dastlab, qidiruv e’lon qilinadi, keyinchalik esa cheklov qo‘yiladi.

Oxiri, majburiy ijro harakatlari natijasida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan 22 mln. 737 ming so‘m qarz naqd pul ko‘rinishida to‘liq undiriladi va undiruvchiga til xat orqali topshiriladi.
Hozirgi kunda esa, qarzdor ota ishga joylashib, aliment pullarini o‘z oylik maoshidan to‘lab kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdordan 22 mln. so‘m aliment undirildi