18:00 / 07.08.2019
3 270

Toshkentda «Gazel» mikroavtobusi yondi

Toshkentda «Gazel» mikroavtobusi yondi
Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
6 avgust kuni soat 10:14da Yunusobod tumani, Toshkent xalqa aylanma yo‘li ko‘chasi, «Farrux Fayz» to‘yxonasi oldida «Gazel» rusumli mikroavtobusning motor qismi yondi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 10:24 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 10:25 da bartaraf etilgan.

Hodisa avtotransport vositasining elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Gazel» mikroavtobusi yondi