19:06 / 26.08.2019
5 028

Qashqadaryoda YPX xodimi haqoratlandi: «Formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» (video)

Qashqadaryoda YPX xodimi haqoratlandi: «Formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» (video)
Qashqadaryoda YPX xodimi Captiva haydovchisi tomonidan haqoratlandi. Haydovchi YPX xodimini haqoratlab, telefon orqali syomka qilingan videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi va IIB xodimini obro‘sizlantirishga urindi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-YPX ortyardi 1-safarbarlik guruhi komandiri Shaxtiyor Otaqulov ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, qamashilik haydovchi Z.A. 2019 yil 2 avgust kuni 10:41 da M-39 avtomobil yo‘lining Kitob tumani Qaynar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 1148-kilometrida o‘z boshqaruvchidagi Captiva avtomobilini taqiqlangan tezlik 70 kilometr bo‘lgan yo‘lda 77 kilometr tezlikda boshqarib keladi. Shunda hududda o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi Mirali Doniyorov haydovchini to‘xtatadi. Va qoidabuzarligini tushuntirib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga kirishadi. Haydovchi Z.A. esa YPX xodimi ish faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, fuqarolarda IIB xodimiga ishonchsizlik uyg‘otishni da’vat qiluvchi videosyomka qiladi. Videosyomka jarayonida YPX xodimiga «ustingizdagi formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haqoratli so‘zlar aytadi.

2 avgust kuni qilingan videosyomka haydovchi Z.A. tomonidan 9 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylanadi.

Haydovchi Z.A.ning ushbu xatti-harakati 19 avgust kuni Kitob tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Haydovchi Z.A.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ish ochilib, huquqbuzar Z.A.ga 7 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek Z.A.ning qamoqda o‘tirgan har bir kuni uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida jami 234 150 so‘m pul davlat foydasiga undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham shahrisabzlik fuqarolarning YPX xodimlariga bo‘ysunmay, ularni obro‘sizlantiruvchi video tarqatgan xatti-harakati uchun 7 sutkadan qamoq jazosi tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda YPX xodimi haqoratlandi: «Formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling» (video)