07:20 / 27.08.2019
3 576

Hayotga real qarash kerak(mi?)

Hayotga real qarash kerak(mi?)
“Reallik” va “haqiqat” so‘zlari ko‘pincha bir-birining o‘rnida ishlatib yuboriladi, ammo ularning o‘ziga xos nozik etimologik jihatlari bor.
“Reallik”ning o‘zagi “narsa” degan ma’noni anglatuvchi lotincha “res” so‘zidir. “Haqiqat”ning ildizi esa arabcha “haq” so‘zi hisoblanadi.

Haq, al-Haq, Allohdir. U barcha haqiqatlarning ortida turuvchi va ularning asosi bo‘lgan haqiqatdir. Ammo reallikning ma’nosi esa “narsa”lar bilan cheklanadi.

Qur’onda shunday deyiladi: “Ular dunyo hayotining zohirini bilurlar, lekin ular oxiratdan bexabarlar” (Rum surasi, 7).

Biror kishi bu dunyodagi moddiy “narsalar”ning tabiati haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, har bir narsaning zohirini bilishi mumkin. Atom qanday parchalanadi, qora tuynuk nima, inersiya nima, termodinamika, yorug‘lik tezligi, E=mc2 ni suv qilib ichib yuborgan bo‘lishi mumkin, ammo ularning haqiqatidan xabari bo‘lmasligi mumkin.

Misol uchun, bir odam urug‘lardan qanday qilib tirik jon paydo bo‘lishi, tirik organizmning qanday qilib o‘lishi haqida katta-katta dissertatsiyalar yozishi, Nobel mukofotini olishi mumkin.

Lekin hayot va o‘limning asl haqiqatini bilolmasdan o‘lib ketishi mumkin.
“U o‘lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratgandir. U aziz va mag‘firatli zotdir” (Mulk surasi, 2).

Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, dunyoga real ko‘z bilan qarash bilan undan haqni topishning orasida katta farq bor.
Reallik har doim ham haqiqat degani emas. Haqiqat reallikning ortida turadi.
Said Komil Xolxo‘jayev

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hayotga real qarash kerak(mi?)