3 225
Toshkent shahar bosh imom-xatibi: "Ayrim odamlar bid’atni ko‘paytirib, turli marosimlarni o‘tkazmoqdalar"
Bugun Oliy Majlis Senati tomonidan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Ushbu qaror muhokamasida mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
«Haqiqatan, bu qaror juda dolzarb. Diniy nuqtai nazardan ham eng muhim masalalardan bittasi, deb aytish mumkin. Isrof eng katta gunoh ekanligini, dabdababozlik, riyokorlik Qur’oni Karimda ham, hadislarimizda ham qoralanishini unutmaslik zarur», deya ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov.
Shuningdek, shahar bosh imom-xatibi qaror yuzasidan o‘z takliflarini ham bildirib o‘tdi.
«Xotira marosimi, aqiqa kabi diniy marosimlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishgan holda o‘tkazilishi haqida ham ushbu qarorda alohida ta’kidlansa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Chunki ayrim odamlar bid’atni ko‘paytirib, turli marosimlarni o‘tkazmoqdalar. Masalan, «Hoji to‘yi» degan narsa shariatimizda yo‘q. Odamlar Musulmonlar idorasi bilan maslahatlashsa, biz ularga «Agar haj amalini bajarib kelgan bo‘lsangiz, boshqalarga yaxshilik qilish bilan shug‘ullaning», deya darhol e’tiroz bildiramiz», deb ta’kidladi Toshkent shahar bosh imom-xatibi.
Bundan tashqari, uning ta’kidlashicha, diniy idoralarning marhumlarni xotirlash bo‘yicha ham fatvolari bor. Xonadonlarda o‘tkaziladigan diniy marosimlar diniy ulamolar bilan hamkorlikda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi ushbu qaror bo‘yicha oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan o‘qilishi belgilab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi