4 149
Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi
O‘zbekistonda sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.
Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov):
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy hamda mobil operatorlar tarmoqlari orqali ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xabarlarni yuborishni joriy qiladi;
2019 yil 1 noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish elektron axborot tizimini joriy etadi va ushbu loyihani moliyalashtirishni xususiy sektor investitsiyalari yoki davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi;
tajriba-sinov natijasidan kelib chiqib, 2020 yil 1 martga kadar umumta’lim maktablarida davomatni nazorat qilishning yagona elektron tizimini bosqichma-bosqichma joriy etish orqali sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash maqsadida tegishli me’yoriy-huqukiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Xalk ta’limi vazirligi (Shermatov) 2020 yil 1 martga qadar ota-onalarning bola tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirish va javobgarligini oshirish, shuningdek o‘qituvchi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish va tegishli jazo choralarini qo‘llash mexanizmlarini soddalashtirish maqsadida tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan choralar ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi