Farg‘ona shahar markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida fuqaro Nozimaxon Ahmadjonova egizaklar — bir qiz va ikki o‘g‘ilni dunyoga keltirdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Farg‘ona viloyati Sog‘liq saqlash boshqarmasi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i Xurshidbek Ibrohimov harbiy xizmatchi, Buxoro viloyatida faoliyat yuritib keladi. Bungacha ushbu oilaning bir nafar o‘g‘il farzandi bor edi.
«Chaqaloqlarning otasi harbiy xizmatchi bo‘lgani bois, buyuk ajdodlarimizdek salohiyatli va jasoratli insonlar bo‘lsin, deb yaxshi niyat qilib, egizaklarning eng kattasiga Bibixonim, o‘g‘il bolalarga Amirbek va Temurbek, deb ism qo‘yishdi», — deyiladi vazirlik axborotida.
Qayd etishlaricha, chaqaloqlarning uchalasi ham sog‘lom, malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ayni paytda onaga ham, chaqaloqlarga ham tajribali shifokorlar nazorati ostida, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
Rossiyalik xakerlar Putin tabrigini Ukraina saytlariga joylashtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?