Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda ov mavsumi boshlanmoqda. Adliya vazirligi bu haqida tegishli eslatma bilan chiqdi.
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish:
- fuqarolarga – 1 115 000 so‘mdan 2 230 000 so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga esa — 2 230 000 so‘mdan 3 345 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, qonunchilikda ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin takror sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilangan.
Bundan tashqari, tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash:
huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga 3 345 000 so‘mdan 4 460 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 so‘mdan 5 575 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, 3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi