Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 2 oktyabr kuni soat 20:26da Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Chamanzor” MFY, “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 82-km.da harakatlanib ketayotgan fuqaro M.S. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma ko‘rsatilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:42 da o‘rab olinib, soat 21:00 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon, motor qismi va old shinalari yonib zararlangan. Bundan tashqari yuk avtomobilining haydovchisi 1992 y.t. fuqaro M.S. va ikki nafar 1992 y.t. yo‘lovchilar: fuqaro S.I. va fuqaro N.A. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilganlar.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi