O‘zbekistonda shakar narxining o‘zgarishi yuz bermoqda. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda birinchi marta shakarning eng yuqori narxi 7000 so‘mga chiqdi, deb yozmoqda Spot.
Nashrning qayd etishicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilgan imtiyozlarning bekor qilinishi sababli shakar narxining oshishi mumkinligi haqida joriy yilning yozida ba’zi shakar ishlab chiqaruvchilar ogohlantirgan.
«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan xabar berilishicha, shakar narxlari bilan bog‘liq holat barqaror qolmoqda.
Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, Angren va Xorazm shakar zavodlarining ishlab chiqarish quvvati yiliga 800 ming tonnani tashkil qiladi. Shakarga bo‘lgan yillik talab miqdori esa 700 ming tonnaga teng. Bundan tashqari, omborlarda 80 ming tonna import qilingan shakar saqlanmoqda.
Ayni paytda mahalliy shakarning ulgurji narxi 4950—5150 so‘mni tashkil etadi. 10 oktyabr holatiga shakarning chakana narxi 5200—6000 so‘mni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi