Namangan shahrida qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.M. har biri 100 AQSh dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki valyuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi