15:47 / 04.11.2019
2 915

Namanganda ehtiyojmand oilalarning qarzdorligi homiylar yordamida to‘lab berilmoqda

Namanganda ehtiyojmand oilalarning qarzdorligi homiylar yordamida to‘lab berilmoqda
M.Qirg‘izov Uychi tumanining “Uychi” mahalla fuqarolar yig‘ini, Laskidon ko‘chasida istiqomat qiladi. Mahallada numunali oila sifatida e’tirof etiladigan bu xonadon doimo e’tiborda. Kuni kecha Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan yordam oilaning quvonchiga quvonch qo‘shdi. Boisi, xonadon a’zolari foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdorligini to‘lashga qiynalishayotgan edi. Byuroning tuman bo‘limi va maahalla faollari ishtirokidagi hamkorlik natijasida ushbu oilaning salkam 1,4 mln. so‘m qarzdorligi homiylar yordamida to‘lab berildi. To‘lov kvitansiyasi oila a’zolariga taqdim etildi.

Bunday xayrli tadbirlar Byuroning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Har bir mahalla fuqarolar yig‘ini kesimida kam ta’minlangan va to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilar ro‘yxati shakllantirildi. Ularning foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorliklari tahlil etilmoqda. Haqiqatan, to‘lashga imkoniyati yo‘q oilalarga homiylar biriktirilib, qarzdorlik bartaraf etilmoqda.

Masalan, tumanning Qandiyon mahallasida yashovchi fuqaro N.Karomatovaning tabiiy gazdan 288150 so‘m qarzdorligi bor edi.
Hududda yashovchi tadbirkor tomonidan oilaning qarzdorligi bartaraf etildi. 122 ming so‘m oldindan to‘lov ham amalga oshirildi.
Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan tadbirlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ehtiyojmand oilalarning qarzdorligi homiylar yordamida to‘lab berilmoqda