13:03 / 05.11.2019
4 884

Tojikiston 300 gektar yerni O‘zbekistonga beradi. U yerda oltin koni bor

Tojikiston 300 gektar yerni O‘zbekistonga beradi. U yerda oltin koni bor
Mastchoh tumani / Foto: faraj.tj
Tojikiston ikki tomonlama shartnomalar asosida 300 gektar yerni O‘zbekistonga bermoqda. Hozirda ular So‘g‘d viloyati Mastchoh tumaniga tegishli. Bu haqda «Faraj» nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

«Faraj» manbasining ta’kidlashicha, ushbu yerlar hududida so‘nggi yillarda Tojikiston-Kanada qo‘shma korxonasi - «Aprelevka» tomonidan o‘zlashtirilgan oltin koni mavjud. Kon Navbahor jamoatining Obi-Shifo qishlog‘i yaqinida joylashgan.

Nashr manbasining xabar berishicha, «O‘zbekistonga topshiriladigan 300 gektar maydonda so‘nggi 10 kun ichida hududni po‘lat simlar bilan yopish ishlari olib borilyapti».

So‘g‘d viloyati Yer qo‘mitasi rahbari Jamshid Umarzodaning «Faraj» muxbiri bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilishicha, «hozir bu masala ko‘rib chiqilmoqda va faqat Tojikiston hukumati ushbu mavzu bo‘yicha izoh bera oladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston 300 gektar yerni O‘zbekistonga beradi. U yerda oltin koni bor