23:17 / 23.11.2019
4 056

Milliy gvardiyachilar "Zakovat" intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lishdi

Milliy gvardiyachilar "Zakovat" intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibidagi “uzluksiz ta’lim” tizimi bo‘lg‘usi harbiy xizmatchi va ofitserlarning mustahkam bilim olishlarida katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Milliy gvardiyaning oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar nafaqat harbiy fanlar va sport, balki har sohada mukammal bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Bunday ta’lim jarayonining natijasini Harbiy-texnik instituti kursantlarining Respublika miqyosida tashkil etib kelinayotgan qator tadbir va tanlovlardagi ishtirokida ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Qurolli kuchlar tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinidagi Milliy gvardiya kursantlarining faol ishtiroki bunga yorqin misoldir.

Milliy gvardiya, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining Toshkent viloyatida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalari yoshlarining jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur bellashuvda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlarining “O‘zbegim o‘g‘lonlari” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘chma kubok bilan taqdirlandilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiyachilar "Zakovat" intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lishdi