21:19 / 30.11.2019
3 215

Tafakkuri kuchli kursantlar g‘olib bo‘lishdi

Tafakkuri kuchli kursantlar g‘olib bo‘lishdi
Fikrlash va mushohada qobiliyati kuchli insonlar har qanday mushkulotning yechimini oson topa oladi. Yoshlar o‘rtasidagi muammo va kamchiliklarni teatrlashgan satirik lavhalar orqali yoritib berish va ularning hal etilishida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi shubhasiz katta ahamiyatga ega. Mazkur tanlovdagi ishtirokchilar harbiy xizmatchi, xodim, uyushmagan yoshlar vakili yoki qaysi bir ta’lim muassasaning talabasi bo‘lmasin, har qanday shartlarga ziyraklik ila tayyorgarlik ko‘rib, o‘zining hangomalari bilan tomoshabinlarga ma’nan hordiq chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadilar.

Barchaga ma’lum-ki, har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari, korxona va tashkilotlar yoshlari, uyushmagan yoshlar jamoalari hamda qo‘shni davlatlar jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinadi. Hozirda esa 2019 yilgi mavsumning yil davomida bo‘lib o‘tgan saralash bosqichlarida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etgan 100 dan ortiq jamoalar orasidan ma’lum bir qismi final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining “Yosh gvardiyachilar” terma jamoasi hududiy saralash, chorak final, yarim final bosqichlarida o‘zlarining betakror chiqishlari va o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etib, tanlovning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, kuni-kecha Toshkent viloyati Zangiota tumanida harbiy xizmatchilar jamoalari o‘rtasida jipslik va uyushqoqlikni yanada rivojlantirish, shaxsiy tarkibning maroqli hordiq chiqarishini ta’minlashga qaratilgan Toshkent viloyati hududida joylashgan harbiy qism va muassasalarning yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda Mudofaa vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi, IIV Qorovul qo‘shinlari, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti va harbiy qismi jamoalari o‘zaro bellashdilar. O‘tkazilgan bellashuvning har bir sharti bo‘yicha Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi yuqori ball bilan baholanib, yakuniy natijalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Barcha g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tafakkuri kuchli kursantlar g‘olib bo‘lishdi