Prezident tomonidan imzolangan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi.
Bunda 2020 yildan zargarlik buyumlari uchun 25%, mobil aloqa xizmatlari uchun 20%, kumushdan ishlangan oshxona anjomlari uchun 11%, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz uchun 30%, polietilen granulalar uchun 30% aksiz solig‘i stavkasi joriy qilinadi.
Shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali sotishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib hisoblanadi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan 1 litr benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun 285 so‘m (2020 yil 1 apreldan esa 350 so‘m), siqilgan gaz uchun esa 435 so‘m (1 apreldan 500 so‘m) aksiz solig‘i olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi