3 329
Toshkentda Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksionini barpo etish moʻljallangan.
Loyihani amalga oshirish 2020-yil oktyabriga rejalashtirilgan. Uni ishlab chiqish va amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxoʻjayev) va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (A.Aqqulov), nazorat qilish Vazirlar Mahkamasiga (A.Ramatov) yuklatiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida butunjahonga mashhur boʻlgan “Intervilles” (Fransiya) kabi ekstremal shouning analogini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyihani amalga oshirish 2020-yil avgustiga rejalashtirilgan. Uni ishlab chiqish va amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxoʻjayev) va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (A.Aqqulov), nazorat qilish Vazirlar Mahkamasiga (A.Ramatov) yuklatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi